Nafosat-u nazokatlilik namoyishi
Nozik jussalariga yarashgan, chiroyli milliylik ufurib turgan kiyimlarni kiyib olishgan, sochlari o‘zlariga yarashig‘lik turmaklangan qizlar oilamizning mahallamizning yurtimizning ko‘rki hisoblanadi.
Joriy yilning 22-fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2019-yil 7-noyabrdagi 25445-xx-sonli topshiriq xati hamda vazirlikning 2019-yil 11-noyabrdagi 1043-sonli bo‘yrug‘i bilan tasdiqlangan 2019-2020 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida "Ma’rifatli yoshlar-yurt ko‘zgusi" shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha Nazorat rejaning 26-bandida Talaba qizlar o‘rtasida "Qizlar davrasi"ko‘rik tanlovini tashkil etish va o‘tkazish"i belgilangan edi. undan tashqari Vazirlik tomonidan "Qizlar davrasi"ko‘rik tanlovi Kotsepsiyasi Nizomi ishlab chiqilganligi munosabati bilan "GTQ va GIM " fakultetlarida "Qizlar davrasi" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. ushbu tanlovda fakultetning barcha talaba qizlari faol katnashdilar
“Qizlar davrasi” ko‘rik-tanlovi to‘rt bosqichda tashkil etildi. Unda fakultetning talaba-qizlarining eng faollari, xususan 1-kurs talabasi D.Xamidullaeva, 1-kurs talabalaridan G.Xamidullaeva, 2-kurs talabasi M.Abdukarimova, GTQ fakultetidan 1-bosqich talabasi Orolboeva Guloyim, Andakulova E., Po‘latova D. – epchillig-u chaqqonlikda, pazandalikda, zukkolik va bilimda o‘zlarining boshqalardan ustun ekanliklarini bildirish maqsadida bellashdilar. “Qizlar davrasi” da ishtirok etgan talaba-qizlar ko‘rik-tanlovning birinchi sharti – o‘zlarini tanishtiruvni qoyillatib bajardilar. Qizlarning notiqlik mahorati, she’riy satrlarni maromiga yetkazib ifoda etishlari tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Ikkinchi shart qizlarimizning bilim darajasini sinash maqsadida savollar berildi. Bilimli adabiyotga qiziquvchan qizlarimiz bu shartdan ham a’lo darajada o‘tishdi.
Uchinchi shart– pazandalik bo‘yicha ham qizlar o‘zlarining bor mahoratlarini ishga soldilar. Taqsimchalarga solinib, chiroyli bezatilgan, biri-biridan mazali bahoriy salatlarning nomlanishi ham qizlarning yuksak dididan darak berib turardi.
To‘rtinchi shart erkin mavzu bo‘lib unda qizlarimiz o‘z iste’dodlaridan kelib chiqib, birlari ajoyib she’rlari bilan, go‘zal raqslari bilan yana birlari chiroyli qo‘shiqlari bilan barcha yig‘ilganlarni xushnud etishdi. Shundan so‘ng hakamlar hay’ati tomonidan “Qizlar davrasi”da ishtirok etgan iste’dodli qizlarga Fakultet rahbariyati tomonidan esdalik uchun sovrindorlariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Qizlarimiz o‘zlarining sharqona odobi, ibo-hayosi, momolar udumlaridan xabardorliklari ularning kelgusida yaxshi turmush o‘rtog‘i, oila bekasi, ona bo‘lib voyaga yetishlari, ular qurajak oila jamiyatimizning mustahkam poydevoriga munosib hissa qo‘shishidan darakdir.
Institut xotin-qizlar qo‘mitasi b. t. raisi Z. Hafizova axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov