Turli tahdidlarga to‘siq qo‘yish zaruriyati

Ekstremizm va terrorizm tahdidlariga qarshi kurashish bo’yicha mamlakatimizda terrorizm bilan bog'liq jinoyatlar soni o’tayotgan yilda bir necha  barobar kamaygan. Bugungi kunda yoshlar eng xavfli va o’tkir muammolardan biri hisoblanishi hamda mazkur holat dunyoning ko’plab davlatlarida ijtimoiy, madaniy va axloqiy masalalar kompleksi o’z yechimini kutayotgan bir sharoitda yuzaga kelayotgani ta'kidlandi. "Ekstremizm, terrorizm  yoshlar kelajagiga tahdid" mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi. Unda fakultet dekani A.Fatxulloyev, yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o’rinbosari O.Habibullyev, fakultet dekan o’rinbosarlari N.Shaymanov, S.Mansurov va A.Karimov hamda professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Binobarin, buzg'unchi guruhlar yo’qotilgan yosh avlod uchun o’zgarishlar agentlari, istiqbolli imkoniyatlar hamda aniq bir maqsadga erishish usuliga aylanishga urinmoqda. Bu yo’lda diniy, mafkuraviy va milliy vositalardan foydalanilmoqda. Xalqaro ekspertlarning qayd etishicha, 300 minggga yaqin 18 yoshga etmagan yosh avlod vakillari dunyodagi qator diniy-ekstremistik guruhlar tarkibidan joy olgan. O’tgan davr mobaynida axborot xavfsizligi liniyasi bo’yicha olib borilgan ishlar natijasida terrorchilik va ekstremistik xarakterdagi milliondan ziyod axborot materiallaridan tashkil topgan. Internet-resurs tarmoqdan o’chirib tashlandi yoki faoliyatiga to’siq qo’yilgani, ekstremizm va terrorizm tahdidlariga qarshi kurashish bo’yicha ko’plab xorijlik mutaxassislar e'tiborini o’ziga tortgani, e'tiborga molikdir.  Xususan, odamlar, birinchi navbatda yoshlar o’rtasida huquqiy madaniyat, diniy-axloqiy ma'rifatni yuksaltirish yo’li bilan tafakkur uchun kurash”ga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bundan tashqari, ijtimoiy reabilitatsiya, ekstremistik g'oyalar ta'siriga tushib qolgan va o’z xatosini anglaganlarni normal hayotga qaytarish bo’yicha tizimli ishlar olib borilyapti. Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida Bizning asosiy vazifamiz yoshlarning o’z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo’ravonlik g'oyasi virusi tarqalishining oldini olishdir,-deya ta'kidlab o’tgandi. Shu ma'noda davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatlarga BMTning Yoshlar huquqlari to’g'risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish hamda BMT Bosh Assambleyasining Ma’rifat va diniy bag'rikenglik deb nomlangan. Xususan, yoshlarning ota-bobalarimizning muqaddas islom dinidan voz kechib, xristian missionerlari domiga ilinayotganini inobatga olsak, bu faoliyat tinch-totuv yashayotgan xalqimiz o’rtasiga solinayotgan rahna-adovat ekanligi, yoshlarimiz missionerlik ta'siriga tushib qolmaslik uchun ma'lumotlarga ega bo’lishimiz lozim va har birimiz hushyor bo’lishimiz, loqaydlikka berilmasligimiz kerak bo’ladi, chunki  Vatan, millat,iymon-e’tiqod bu muqaddas tushunchalardir, har bir inson biror narsa haqida to’g'ri tushunchaga ega bo’lishi darkor. Hech kimning biror narsani, hatto dinni ham noto’g'ri, yanglish va bo’yab talqin qilishga haqqi yo’q va bo’lmasligi kerak ekanligi yig'ilganlarga aytib o’tildi. Tadbirda mutaxassislar tomonidan barcha  fikrlar talaba-yoshlarimiz hayot yo’llarida dastur-ulamal bo’lishi aytib o’tildi.

Tadbir so’ngida qimmatli vaqtini ayamay kelgani uchun mutaxassisga minnatdorchilik bildirib, bunday tadbirlarni yanada ko’proq hamkorlik asosida o’tkazish rejalashtirildi. Jonli muloqot tarzida o’tgan tadbirda talaba-yoshlar mutaxassislardan o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

“Gidromelioratsiya" fakultetining  yoshlar bilan ishlash dekan o’rinbosari O.Habibullayev axboroti

Institut  matbuot  xizmati rahbari R.Jumaniyozov