Muzey - moziy ko‘zgusi
Muzeylar o‘tmish bilan bugunni bog‘lovchi ma’naviyat ko‘prigi hisoblanadi. Muzeylar madaniy-ma’rifiy muassasa hisoblanib uning vazifasi tarixiy hujjatlar madaniy va ma’naviy yodgorliklarni to‘plash tabiiy boyliklardan namunalar jamlash va saqlash ularni ilmiy jihatdan o‘rganib ko‘rgazmalarga qo‘yish va keng xalq ommasiga havola qilishdan iborat.
Muzeylar faoliyati xalqning tarixiy taraqqiyot jarayonida rivojlanib borishi qo‘lga kiritgan yutuqlari hamda qoldirgan boy madaniy-ma’naviy merosi xususida juda katta bilimlar beradi. Muzeylar madaniy-ma’rifiy muassasa sifatida ommaning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish ularni ma’naviy kamolotga yetkazishning eng yetakchi vositalaridan hisoblanadi. Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni taminlash va madaniy merosimiz hisoblangan tarixiy muzeylar bilan tanishtirish maqsadida GIM fakulteti 102-guruh talabalari 21-fevral kuni "Temuriylar davlat muzeyi" hamda "O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi" ga tashrif buyurishdi.
GIM fakulteti “Gumanitar fanlar” kafedrasi assistenti D.Uralov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov