Muammoli, muhim ma’ruza

“Qishloq va suv xo‘jaligining energiya ta’minoti” fakulteti 5430500-Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti ta’lim yo‘nalishi 2 kurs 202 guruh talabalariga 2020 yil 22 fevral kuni “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasining taklifiga ko‘ra, Toshkent issiqlik  elektr stansiyasi (TashGRES), Issiqlik olish sexi injener energetigi I.Shukurov “Ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarni tahlil qilish uslublari va jarohatlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash” mavzusi  bo‘yicha TashGRES misolida muammoli ma’ruza o‘tib berdi.

I.Shukurov Toshkent issiqlik  elektr stansiyasida elektr energiyasini xosil qilish va buning uchun har qanday ishlab chiqarish korxonalarida birinchi navbatda texnika va elektr xavfsizlik qoidalariga e’tibor berish kerakligini aytib o‘tdi.

O‘zbekistonda elektr energiyasini ishlab chiqarishda, uzatishda va elektr energiyasini boshqa turga aylanishida inson uchun barcha hollarda baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘ycha ko‘rsatmalar berib o‘tdi. Ayrim holatlarda baxtsiz hodisalar sabab jarohatlanish ro‘y berganda ularga birinchi yordam ko‘rsatish va bu holatlar bo‘lmasligi uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi tushuntirildi.

I.Shukurov tomonidan o‘tilgan dars mashg‘uloti  qiziqarli va savol javoblarga boy bo‘ldi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar mutaxassis tomonidan yetarlicha javoblar olishdi.

 

ETvaEJF kafedrasi dotsenti O‘. Xaliqnazarov axboroti

 Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov