Binar dars

2020 yil  24 fevralda «Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash» fakulteti «Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash» kafedrasi tomonidan  SXMIM yo‘nalishi 103-guruh talabalariga stajyor-o‘qituvchi S.Xolovaning  “Soha muhandisligi tizimlari” fanidan binar dars o‘tildi. Suv xo‘jaligi vazirligi mutaxassisi  hamda institut 2-bosqich magistranti  Rasulov Bahodir Odil ug‘li bugungi kunda suv xo‘jaligi tizimidagi islohotlar hamda muammolari to‘g‘risida o‘zining mazmundor fikrlarini yosh kadrlarimizga bildirdi. Haqiqiy mutaxassis qanday ilm salohiyatga ega bo‘lishi va buning uchun bugun qanday ishlarni amalga oshirishi lozimligi to‘g‘risida suhbatlashdi. Pedagogik mahorat shakllaridan biri bo‘lgan binar dars usuli qiziqarli  va savol-javobga boy bo‘ldi.

“Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi   S.Xolova axboroti

 Institut matbuot xizmati rahbariRaximboy Jumaniyozov