5 ta muhim tashabbus - yoshlar uchun imkoniyat

TIQXMMI Qarshi filialida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusning barcha yo‘nalishlarini targ‘ib qilish, tizimli ishlarni tashkil etish bo‘yicha reja ishlab chiqilgan. Shu reja asosida TIQXMMI Qarshi filiali talaba-yoshlari o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Joriy yilning 23- fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialida “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish, “Yoshlar madaniyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbus”ni ijrosini ta’minlash maqsadida “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 127-guruh talabalari o‘rtasida sportning shaxmat, shashka va voleybol turlaridan sport musobaqalari o‘tkazildi. Sport musobaqalariga guruh talabalari jalb qilindi.

Shuningdek, “Men o‘qigan asar” mavzu asosida kitobxonlik kuni tashkil qilindi. Ushbu kitobxonlik kunida guruhning barcha talabalari filial axborot resurs markazidagi o‘quv va badiiy adabiyotlar bilan tanishib, o‘zlari sevgan kitoblarini mutolaa qilishdi. Kitob insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i hamda bilim manbaidir. Kitob - fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur chirog‘i hisoblanadi. Kitobni inson tafakkurining qanotiga qiyoslashadi. Zero, tafakkuri, dunyoqarashi keng, ma’rifatli kishilar jamiyatning chinakam boyligidir.

Ma’naviyat esa insonda kitob o‘qish orqali shakllanadi. Har qanday yangilik ham bir kun eskiradi. Biroq insoniyatning asrlar davomida qo‘lga kiritgan aqliy hamda fikriy durdonalarini o‘zida jamlagan kitoblar aslo eskirmaydi. Binobarin, kitob hamisha ilm-ma’rifat, odob-axloq manbai bo‘lib kelgan. Bugungi kunda yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ham kitobdan ko‘ra qudratliroq vosita yo‘q deydi – guruh murabbiyi Ilhom G‘aniev.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rift bo‘limi boshlig‘i Bunyod Ro‘ziqulov axboroti

                  TIQXMMI мatbuot xizmati