Malaka oshirish tinglovchilari va bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuv

Istitutimizning professor o‘qituvchilari, ya’ni O‘z FA akademigi M.M.Mirsaidov va f.m.f.d., prof. K.S.Sultonovlar 22 aprel 2019 yilda Toshkent arxitektura qurilish instituti (TAQI) qoshidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari va TAQI ning bitiruvchi iqtidorli talaba va magistrlari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

M.Mirsaidov hurmatli Prezidentimizning ilmdagi eng katta ilmiy natijalarni ilmiy tadqiqot va oliy o‘quv yurtlarida ishlayotgan yoshlardan kutayotganligini va bu bajarilayotgan ilmiy ishlar innovatsiya g‘oyalari, yangi texnologiyalar va ularning tadbig‘i bilan yakunlanishi haqida gapirib o‘tdi. Shu bilan birga yurtboshimizning fanda erishilgan yutuqlarni amaliyotga tadbiq qilinishiga katta e’tibor berayotganligini, buning natijasi sifatida O‘zR FA da o‘tkazilgan saylov haqida va 32 akademikni saylanganligini aytib o‘tdi.

M.Mirsaidov kelajakda davlatimiz tomonidan qo‘yilayotgan dolzarb muammolarni yechish uchun bu institutda yetarli potensial borligini e’tirof etib, kurilishning boshqa sohalari bo‘yicha ham yana bir nechta ilmiy maktablar yaratilishi kerakligini va bu institut bilan O‘zR FA hamda Respublikamizning boshqa oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida integratsiyani rivojlantirish kerakligini aytdi. Shu jumladan TIQXMMI professor o‘qituvchilari xuddi shu yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori darajadagi ilmiy ishlar olib borilayotganligini, misol tariqasida 12 Xalqaro konferensiyaning TIQXMMI da o‘tkazilganligini va institut xodimlarining bu konferensiyada faol qatnashganini, TAQI xodimlaridan bu konferensiyada kam olimlar qatnashganini aytib o‘tdi.

Prof. K.S.Sultonov o‘z so‘zida hozirgi kunda qurilish sohasida dolzarb bo‘lgan muammolarni yoritib berib, kelgusida yoshlar shu sohalar bo‘yicha ilmiy ishlar olib borsalar yaxshi ilmiy natijalarga erishishlari mumkinligini aytdi. Yig‘ilish ishtirokchilari M.Mirsaidov va K.Sultonovlarga ko‘p savollar berib, barcha berilgan savollarga to‘liq javoblar olishdi. M.Mirsaidov va K.S.Sultonovlar TAQI da bajarilayotgan ilmiy ishlarni qo‘llab-quvvatlab, kelgusida qilinadigan ishlarga omad tilagan holda o‘zlarining qimmatli maslahatlarini berdilar.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov