Ilmiy maqolalarni chop qilishda Q1 va Q4 kvartilli jurnallar qanday tanlanadi?
Joriy yil 23-aprel kuni Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi tashabbusi bilan, institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va yosh olimlari uchun “Scopus bazasiga kiruvchi Q1 va Q2 jurnallarini tanlash hamda maqola chop etish” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi. Vebinarni O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi “Ekspertiza markazi” yetakchi eksperti Mexriddin Tursunov olib bordi. Vebinar qiziqarli savol javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
Vebinar qatnashchilariga
1. Qanday jurnallar Q1 - Q4 kvartilli jurnallar xisoblanadi?
2. Q1 - Q4 kvartilli jurnallar qanday aniqlanadi?
3. Q1 - Q4 kvartilli jurnallarga qo‘yilgan asosiy talablar?
4. Jurnallarni Scopus va Web of Science dagi saqlanib turishini tekshirish? va shu kabi savollarga to‘liq va aniq javob olishdi. Shuningdek, vebinarda qatnashchilarga umumiy xolda Q1 - Q4 kvartilli jurnallarni aniqlash va maqola chop qilishda aniq soha yo‘nalishini tanlab olish bo‘yicha tushunchalar misollar bilan keltirib o’tildi.
Prorektor T.Z. Sultanov ham mazkur mavzu bo’yicha spiker M. Tursunov va vebinar qatnashchilariga o’z taklif va tavsiyalarini berib o’tdi. Kelgusida ilmiy maqolalarni chop qilish yuzasidan yanada soddaroq хolda tushuntirib berish bo’yicha vebinarlar tashkil qilinishi kelishib olindi.
TIQXMMI matbuot xizmati