Intellektual sport turi musobaqasi
«Irrigatsiya va melioratsiya» kafedrasi dotsenti Аdham Mamataliyev rahbarligida «Suv xo‘jaligi va melioratsiya» taʼlim yo‘nalishi 402-guruh talabalari o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi uyushtirildi. Musobaqada guruh talabalarining deyarli barchasi ishtirok etdilar. Bu esa hozirgi kun yoshlarining mazkur sport turiga qiziqishlari yuqoriligini ko‘rsatadi. Tadbir talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va imkoniyatlarini namoyon etishga qulay imkoniyat yaratdi.
Shaxmat va shashka insondan yuksak intellektual salohiyat hamda jismoniy va maʼnaviy yetuklik, aql-zakovatni talab etadi. Mazkur sport azaldan ajdodlarimiz madaniy hayotining ajralmas qismi sifatida eʼzozlangan. Joriy yilning yanvar oyida mamlakatimizda shaxmatni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʼyicha “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ham qabul qilinganligi ham bejiz emas. Jismoniy mukammallik uchun sport qanchalik muhim bo‘lsa, aqliy salohiyat uchun shaxmat shunchalik muhimdir. U insonlarga xos bo‘lgan alohida xususiyatlarni rivojlantirish va aqlni mashq qildirishning qiziqarli hamda qulay yo‘lidir.
Yurtimizning barcha hududlari bo‘ylab yoshlarni sportga jalb qilish borasida ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada institutimizda ham keng miqyosda ishlar olib borilmoqda. Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi doirasida tashkil qilingan bu tadbir ishtirokchilarga yaxshi kayfiyat baxsh etdi.muzey eksponatlarini maroq bilan tomosha qildilar. Bu tashrif talabalarda katta taassurotlar qoldirdi.
TIQXMMI matbuot xizmati