«Nasos va nasos stansiyalari» respublika fan olimpiadasi 1-bosqichi natijalari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasalari (OTM) talabalari respublika onlayn fan olimpiadasini 2021-yilda tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2021-yil 31-martdagi 159-son buyrug‘i bilan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika onlayn fan olimpiadasi o‘tkazish tartibi belgilangan. “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining sa’y-harakati tufayli ilk marotaba “Nasos va nasos stansiyalari” fanidan olimpiadaning respublika bosqichi o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan joriy yilning 22-aprel kuni respublika onlayn fan olimpiadasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish”, “Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish” va “Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetik ob’ektlar” ta’lim yo’nalishlari 3 va 4 kurs talabalari qatnashdi. Olimpiadaning birinchi bosqichi natijalariga ko‘ra “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti 411-guruh talabasi A.Kurseitov I o‘rin, 410-guruh talabasi Sh.Dushaboev esa II o‘rinni egalladi.
“SE va NSF” kafedrasi ass. B.N.Shodiyev axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati