TIQXMMI Buxoro filiali direktori Sh. J. Imomov talabalar turar joyida xorijlik talabalar bilan uchrashdi
Samimiy suhbat tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Imomov Shavkat Jaxonovich talabalarga institutda bo‘layotgan o‘zgarishlar, ta’lim olish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil gapirib berdi. Mazkur talabalar institutimiz nufuzini jahon miqyosida ko‘taradigan asosiy indikatorlardan biri va ularga tegishli sharoit yaratish uchun biz barcha imkoniyatlarni ishga solishga doim tayyor, deb ta’kidladi Shavkat Jaxonovich.
Xorijiy talabalar ham chiqishlar qilib institut rektoriga yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar uchun o‘zlarining minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar. Talabalar bilan uchrashuvda boshqa tashkiliy masalalar, jumladan xorijiy talabalarni institutni barcha kafedra va kurslarida ochilgan ilmiy to‘garaklar ishida faol qatnashishini ta’minlash haqida ham kelishib olindi.
TIQXMMI Buxoro filiali matbuot xizmati
TIQXMMI matbuot xizmati