Qarshi shahar Aralovul mahallasi uyushmagan yoshlari hamda TIQXMMI Qarshi filiali professor-o‘qituvchilari va talabalari hamkorligida futbol musoqabasi o‘tkazildi
Yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida, Qarshi shahridagi Aralovul mahallasida istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlar ishtirokida sportning mini futbol turi bo‘yicha TIQXMMI Qarshi filiali bilan birgalikda "Aralovul" MFYga qarashli sun’iy qoplamali maydonda uyushmagan mahalla yoshlari o‘rtasida “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida mini futbol bo‘yicha o‘zaro do‘stlik musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada TIQXMMI Qarshi filiali rahbariyati hamda "Aralovul" MFY raisi ishtirok etishib, jamoalarga omad va zafarlar tiladi. Mazkur sport musobaqasida mahallaning uyushmagan yoshlari qatnashib, jismoniy imkoniyat va mahoratlarini namoyish etdilar. Musobaqa yakunida filial rahbariyatining esdalik sovg‘alari mahalla yoshlariga topshirildi. Tashkillashtirilayotgan bunday tadbirlar yoshlarni bir maqsad sari jamlash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qalblarida yurt taqdiriga daxldorlik hissini oshirish va sportga jalb qilishi bilan ahamiyatlidir.
Matbuot xizmati rahbari Farrux Najimov
TIQXMMI matbuot xizmati