Mahalla-azim hayot maskani

Mahalla azaldan milliy qadriyatlar, ezgu amallar maskani bo‘lgan. Mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, to‘y-tomosha, hasharu ma’rakalarni ko‘pchilik bilan bamaslahat o‘tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo‘lish kabi xalqimizga xos urf-odat hamda an’analar mahalla muhitida shakllangan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, “Mirzakalon Ismoiliy” mahallasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida, mahalla yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mahalla raisi M.Xalimova, xotin-qizlar va ijtimoiy manaviy masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari F.Iqbolova,  Nuroniylar kengashi raisi R.Karimov fakultetda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Habibullaev hamda ETva EJF kafedrasi dotsenti O‘.Xoliqnazarov ishtirok etdi. Mahalla institutining huquqiy asoslarini yaratish, ularning zamon talablariga mos holda takomillashtirib borilishi jamiyatimiz siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotining ajralmas bir qismi sifatida ushbu noyob tuzilmaning maqomini mustahkamlashda muhim omil bo‘ldi. Shu bilan birga Mirzo Ulug‘bek hokimligi tomonidan “Ma’rifatli ayol” hamda “Odobli qiz” nominatsiyalarida ishtirok etgаn D.Axunjanova, K. Nodirovalar taqdirlandilar. Darhaqiqat, mahalla ijtimoiy-siyosiy hayotimizning ko‘zgusidir, xalqimizning eng yaxshi an’analari, urf-odatlari, xususan, mehr-shafqat, muruvvat, el-ulusning hamjihatligi mahalla hayotida yorqin namoyon  bo‘lmoqda.

 

“Qishloq va suv xo‘jaligi

energiya ta’minoti ” fakultetining  Yoshlar

 bilan ishlash dekan o‘rinbosari O.Habibullaev

TIQXMMI   matbuot  xizmati