GIM fakulteti talabalariga qo‘shimcha noodatiy amaliyot tashkil etildi

Institutning ilmiy o‘quv markazida hozirda amaliyot o‘tayotgan GIM fakulteti ikkinchi bosqich talabalarining o‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng, bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish va ular ongidagi ekinlarning hosildorligini taxminiy hisoblash usullarini shakllantirish maqsadida “Gidromelioraiv ishlarini mexanizatsiyalashtirish” fakulteti GIM kafedrasidan ushbu amaliyotda qatnashayotgan magistr S.Melikuziev boshchiligida fakultetning 202 va 203-guruh talabalari bilan paxta dalasining bir mavsumdagi taxminiiy hosildorligini aniqlash bo‘yicha qo‘shimcha dala amaliyoti tashkil etildi. Guruhlar talabalarining har biri dalaning turli hosilga ega bo‘lgan nuqtalaridan 1 m2 dagi joylarini belgilab olgan holda g‘o‘zalar soni va ko‘saklar sonini sanab chiqdilar. Shundan so‘ng hosildorlikni hisoblash ishlarining nazariyasi dalaning o‘zidayoq talablarga tushuntirilib 1 gektar paxta xom ashyosining taxminiy hosildorligi sentnerlarda aniqlanib, fermer bu yil shu daladan qancha miqdorda foyda olish imkoniyatiga ega ekanligi ham hisoblab chiqildi.

S.Melikuziev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov