MA'NAVIYAT VA MA'RIFATNING QUTLOVI

Shunday qudratli kuch borki, uni qo‘l bilan ushlab, ko‘z bilan ko‘rib, tish bilan tishlab, burun bilan hidlab, quloq bilan tinglab bo‘lmaydi. Faqat his etish mumkin bo‘lgan, lekin qudratli va yengilmas kuch bu ma'naviyatdir. Daraxt soyasi va mevasi bilan qimmatli bo‘lgani singari ma'naviyat ham g‘oyasi va shevasi bilan ahamiyatlidir.   

Prezidentimiz iborasi bilan aytganda, u eng ta'sirchan va qudratli quroldir. Jamiyat rivojining o‘zani va o‘zagi ma'naviyat va ma'rifat bilan bog‘lanar ekan, bunga e'tibor ham shunga mos holda, yuqori darajada bo‘lishi tayin. Shuning uchun ham davlatimiz rahbarining "ma'naviy yo‘nalishlarimiz iqtisodiy yo‘nalishlarimizdan o‘n qadam oldinda yurmas ekan, biz zalvorli maqsad va vazifalarni, istiqbolli rejlarni amalga oshira olmaymiz" mazmunidagi o‘gitlari bejiz emas. Buning o‘ziyoq, ma'naviyatning zamirida uzluksiz talim va uzluksiz tarbiya yotishi muqarrarligini bildiradi.      

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan Xorazm viloyatida “Maʼnaviyat festivali”ning o‘tkazilishi ham ana shu harakatning uzviy davomidir.       

Loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad xalqimiz madaniy merosining oʻziga xos xususiyatlari, maʼrifiy ahamiyatini yoritish bilan bir qatorda, aholi oʻrtasida ichki turizmni rivojlantirish, zamonaviy texnologik vositalardan samarali foydalangan holda tarixiy obidalar haqida maʼlumot berib, targʻibot-tashviqotini kuchaytirishdir.     

Festival yakunida “Yilning eng faol maʼnaviyat targʻibotchisi” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.      

Unda institutimizning Matbuot xizmati rahbari, filologiya fanlari nomzodi Rahimboy Jumaniyozovning ham faxriy yorliq, sovrin va diplomga ega bo‘lganligi bizni g‘ururlantirmasdan qolmaydi. Ustozning faqat institut doirasidagina emas, balki butun Respublika miqyosida ma'naviy va ma'rifiy harakatnig yetakchilardan biri ekanligi instittimiz profesor-o‘qituvchilarini ham ruhlantirishi aniq. 

 

Ularning yaqinda "Ma'naviyat" nashiryotida chop etilgan "Targ‘ibotchi mahorati" risolasi, "O'zbekiston" nashiryot-matbaa ijodiy uyida nashr etilgan "Siz notiq bo‘lmoqchimisiz?" nomli uslubiy qo'llanmasi uning shu sohaning nazariyotchisi, ham amaliotchilaridan biri ekanligini isbotlaydi. Mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etib kelayotgan tashabbuskor targʻibotchilarga “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan faxriy yorliq, diplom hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari taqdim qilinishi shu soha vakillariga yanada kuch-g‘ayrat baxsh etdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ustoz, mamlakimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, keng ko‘lamli bunyodkorlik islohotlarini targ‘ib etishdagi tashabbuskorligingiz uchun "YILNING ENG FAOL MA'NAVIYAT TARG'IBOTCHISI" diplomini qo‘lga kiritganingiz bilan samimiy tabriklaymiz. Unvon va darajalar bardavom bo‘lsin!

"Gumanitar fanlar" kafedrasining assistenti Bahriddin Muqimov axboroti