Xorijlik mutaxassis ma’ruza qildi
Joriy yilning 22 oktyabrida AQSh ning Kaliforniya universiteti professori Djeyms E. Ayars Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” tarmoq markazida Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Magistral kanallar va irrigatsiya tizimi boshqarmalari boshliqlari uchun “Sug‘oriladigan yerlarni suv bilan cheklangan muhitga moslashtirish, muammolar va imkoniyatlar” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Ular o‘z ma’ruzasida tinglovchilarimizga Kaliforniya shtati haqida, suvdan foydalanish va suv ta’minotining qisqacha tarixi, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari va sho‘rlanishni boshqarish bo‘yicha ma’lumotlar berdi.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professor o‘qituvchilari Baxtiyor Matyakubov va Ilhom Begmatovlar ham ma’ruza oxirida o‘z tajribalari bo‘yicha professor Djeyms E. Ayars bilan fikr almashishdi.
Tuman irrigatsiya bo‘limi boshliqlari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarni oldilar.
PKQT va UMO tarmoq markazi bo‘limi boshlig‘i Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov