Tabiiy xavfli jarayonlar va ularning atrof muhitga salbiy ta’siri
Dunyo miqyosida sodir bo‘ladigan tabiiy xavfli jarayonlardan keladigan zararlarning 90 % kuyidagi jarayonlarga to‘g‘ri keladi:
- -suv toshqini-40%;
- -kuchli shamollar-bo‘ronlar-20%;
- -zilzila-15%;
- -qurg‘oqchilik-15%
Buning oqibatida yiliga jahon iqtisodiyoti 80 mlrd. dollar zarar ko‘radi va 250 ming nafar odam qurbon bo‘ladi.
Yuqorida keltirib o‘tganimizdek, tabiiy xavfli jarayonlar atrof muhitga salbiy ta’siri yuqori bo‘lib, har bir sohaga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rasatadi. Bugun shu mavzuda 3 bosqich talabalariga Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi mudiri Xaydarov Tuyg‘un Anvarovich Ochiq ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazdi.
Ma’ruzada Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti, Xalilov Raxmonberdi Janovich, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali o‘qituvchisi Ziyoda Agizova hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. O‘qituvchi talabalarga har bir tabiiy jarayonlarning turlari, atrof muhitga ta’siri, salbiy oqibatlarini kamaytirish yo‘llari haqida batafsil tushinchalar berib o‘tdi. Ma’ruza qiziqarli va mazmunli bo‘lib, talabalarning faol ishtiroki yaqqol sezildi.
O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti