Talabalar murojaatnoma muhokamasi bilan
Respublikamizdagi barcha tashkilot, idora va muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Respublika Oliy Majlisiga murojaatini diqqat bilan tinglab o‘zaro muhokama qilish jarayoni va har bir soha o‘ziga tegishli xulosalar chiqazish tadbirlari boshlab yuborildi. Televideniya orqali yozib olingan nutqlarini qayta ko‘rish va o‘z mulohazalarini bildirish bobida institutimiz talabalari bo‘sh kelishmadi. Axborot resurs markazida, o‘quv zalidagi talabalarning aksariyati matbuot xizmati xonasiga galma gal kelib Prezidentimiz murojaatlarini tinglash asnosida o‘z mulohazalarini o‘rtoqlashishi bizni hayrat va quvonchga chulg‘adi.Ular, ayniqsa Prezidentimizning "Joylardagi muammo va kamchiliklarni ro‘y-rost ochib berish, ularni haqqoniy yoritishlarida men professional jurnalistlarni hamisha va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorman», "Halollik vaksinasini qaerdan olamiz", "Deputat va senatorlar masalani astoydil o‘rgansin.
Ma’qul desa - ma’qul, noma’qul desa - noma’qul", "O‘zbekistonda Kambag‘allikni kamaytirish dasturi ishlab chiqiladi", "Biz 30 yil davomida propiska masalasida o‘zimizning fuqarolarimiz oyog‘iga kishan urdik", "Bir million dasturchi" katta drayver bo‘ladi", "Oliy o‘quv yurtlarida davlat grantlari ikki barobar ko‘paytiriladi", "Ish haqi inflyatsiyadan yuqori darajada oshiriladi", "Sud ostonasiga qadam qo‘ygan har bir inson O‘zbekistonda adolat hukm surayotganiga to‘la ishonch hosil qilishi kerak", "Hokimlar endi o‘z vakolatiga kirmaydigan ishlarni bajarmaydi", "Mahsulot ishlab chiqarsak, lekin sotish uchun bozorimiz bo‘lmasa rivojlana olmaymiz" degan nutqlariga befarq bo‘lmasdan, to‘lqinlanib ketishdi. Biz murojaatnomada ilgari surilgan vazifa va masalalarni targ‘ib qilishda yana davom etamiz.
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov