Suv kuni maktablarda ham bo‘lib o‘tadi
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga qaratilgan ma’naviy-marifiy tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda, shu tadbirlar doirasida, jumladan, umumta’lim maktablari o‘quvchilari orasida ilm olishga bo‘lgan qiziqishni orttirish va ularni rag‘batlantirishga qaratilgan tizimli ishlar Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 314-umum ta’lim maktabi o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir davra suhbati shaklida tashkil etildi.
Davra suhbatida maktab direktori Xodjinazarov A.K., TIQXMMI tayanch doktarantura doktaranti N. Shaymanov va «E va SRB» kafedrasi stajyor o‘qituvchisi J.Mirzaqobulovlar maktab o‘quvchilari bilan uchrashib, institut tarixi, bugungi kunda institutda ilm olish uchun yaratilgan sharoitlar hamda institutning respublika va xalqaro miqyosida tutgan o‘rni haqida davra suhbati o‘tkazishdi.
Davra suhbati vaqtida «22-mart – Butun jahon suv kuni» munosabati bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida ham tizimlashtirilgan tadbirlar o‘tkazish kelishib olindi.
"E va SRB» kafedrasi stajyor o‘qituvchisi J.Mirzaqobulov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov