Butunjaxon Agroo'rmonchiligi Markazi xamkorligidagi xalqaro loyiha doirasida
Joriy yilning 23 mart sanasida Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Institutiga Butunjahon Agroo‘rmonxo‘jaligi Markazi (World Agroforestry Centre, ICRAF) tashkilotining GIZ/BEAF orqali BMZ tomonidan moliyalashtirilgan “O‘rta Osiyo Agro o‘rmon xo‘jaligida teraklar - ekishdan foydalanishgacha“ (“Planting poplars in the agroforestry of Central Asia -from planting to utilization “) halqaro loyihasi doirasida ICRAF rahbari Kumar Aliev tashrif buyurdi. Ushbu loyihada hamkor davlatlar Germaniya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston hisoblanib, loyiha 2019-2021yillarga mo‘ljallangan.
Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti ushbu loyiha ishtirokchisi hisoblanib, loyiha doirasida bir qancha vazifalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Kumar Aliev Germaniya va Italiya davlatlaridan O‘rta Osiyoga 1500 ga yaqin terak navlarini olib kelishga muvaffaq bo‘lib, ushbu navlar Yevropa Ittifoqida rasmiy sertifikatlashdan o‘tkazilgan bo‘lib, Wald21 naslchilik tashkilotidan sotib olingan.
TIQHMMIning Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi maxsus yer maydonida xorij tajribasi va tadqiqotiga tayangan holda taqdim etilgan 9 turdagi 400 yaqin terak navlari va institutimizning Yer resurslarini boshqarish fakulteti xududida 100 yaqin terak navlari o‘tkazildi. Shuningdek, 24 mart sanasida ICRAF rahbari Kumar Alievning Yer resurslarini boshqarish fakulteti professor-o‘qituvchilariga taqdimoti tinglandi va loyiha doirasida rejalashtirilgan ishlar, mavjud imkoniyatlar va kelgusi amalga oshirish ko‘zda tutilgan vazifalar haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan memorandumni imzolash va bu borada istiqbolli ishlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar muhokama qilindi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun : //http://www.worldagroforestry.org/country