“Oila mustahkamligi o'z qo'limizda”
24 mart kuni Yer resurslarini boshqarish fakultetiga qarashli 1 – TTJda 1 – kurs talaba yoshlari bilan institut psixolgi M.K. Muxamedova oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan “Oila mustahkam bo'lishida oila a'zolarining roli” mavzuida tadbir o'tkazdi. Tadbirda har bir ishtirokchi o'z oilasidagi muhit va oila mustahkamligi kimga bog'liqligi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tishdi. Va barcha aytib o'tilgan fikrlar muhokama qilindi.
Oila birdamligini rivojlantirish uchun hamma birdek ma'sulligi to'g'risida talabalarga tushuncha berib o'tilib: “Siam egizaklari” o'yin mashg'uloti o'tkazildi. Shu orqali talabalarda oila mustahkamligi va birdamligiga erishish uchun barcha oila a'zolari birdek harakat qilishlari zarurligi haqidagi tushunchani shakllantirish maqsad qilingan. Oila qachon mustahkam bo'ladi? Qachonki har bir oila a'zosi “Qars ikki qo'ldan chiqadi” iborasiga amal qilgan holda bir-birlariga yon berib, bir-birlarini suyab, nizoli vaziyatlarda kechirimli bo'lishga va birdamlikka birdek harakat qilsalargina maqsadga erishish mumkinligi haqida so'z yuritildi.
Keyingi mashg'ulot “Men sizga pozitiv energiya yo'llayman” deb nomlanib, ishtirokchilar bir-birlarini yelkalarini tutgan holda bir-birlariga pozitiv energiya yo'llashdan iborat. Mashg'ulot oxirida har bir ishtirokchi sherigiga qanday pozitiv energiya va tilaklar yo'llaganlari muhokama qilindi. YERB fakultet yoshlar bilan ishlash dekan o'rinbosari H. Eshova ishtirokchilarga o'z hayot tajribalaridan misollar keltirib talaba yoshlarga oila mustahkamligiga erishish uchun motevatsiya beruvchi usullar haqida tushunchalar berib o'tdi. Tadbir qizg'in tarzda o'z yakuniga yetdi.
Institut psixologi Muhayyo Muxamedova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati