Bardamlik va birdamlik bayrami arafasida

Qadimiyligi, xayr va savobga daxldorligi bilan, uzoq asrlarga borib bog‘lanadigan iydi Ramazon butun dunyo musulmonlarining e’tiqodiy bayrami sifatida nishonlanib kelinadi. Bu bayram shonli, qonli, suronli davrlarni ham ko’rgan. Har qanday sharoitda ham o‘z mohiyatini yo‘qotmagan bayramdir. Ushbu bayramning ramziy ma’nosi shundaki, u xalqning irodasini, e’tiqodini sinaydigan, har bir kimsada o’zni tiyish, shukronalik va qanoat tuyg’usini namoyon etishi bilan alohida ajralib turadi va o‘zaro yordam, saxovat va muruvvatning timsoli sifatida ham qadrlidir. Bu bayramni ommaviy tarzda, garchi bu yil sayil sifatida o‘tkazish pandemiya munosabati bilan nasib etmagan bo‘lsa-da, respublikamiz ahli o’z uyida o’tirib, ko‘tarinki kayfiyat bilan uning ruhi va shukuhini sezdi desak xato bo’lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti tabrigida ushbu oyni sabr-u qanoat ruhiy poklanish mehr va ko‘makka muhtojlarga yanada e’tiborli bo’lish, savobli amallar qilishdek olijanob fazilatlar bu yil yurtimizda har qachongidan ham yaqqol namoyon bo‘ldi deb aytganlari bejiz emas. Xuddi shu munosabat bilan institutimiz jamoasi ham hayit bayramidan bir kun oldin , ya’ni arafa kuni ta’tilni tahsil deb bilib, ta’limga bo’lgan e’tiborni aslo susaytirmagan barcha pedagoglarni, institut ahlini bayram bilan tabrliklash maqsadida ZOOM dasturi orqali masofaviy tarzda tabrik tadbirini tashkil etishdi.

Unda institutimizning faol professor o‘qituvchilari o‘zlarining taassurotlari va tabriklarini bildirishdi. Jumladan, R.Choriyev, Z. Ismoilova, R. Hakimov, Sh. O’ljayeva, B.Norov, R. Jumaniyozov va boshqalar hayit bayrami bilan institut ahlini qizg’in muborakbod etdilar. Ular jamoadagi ahillik, iqtidorli pedagogik jamoa, yakdillik va maqsadlar mushtarakligi hamisha g’alabalarga garov, zafarlarga kafolat bo’lishini e’tirof etishdi.

TIQXMMIning jahon reytingida o’rin olgan ta’lim muassasalari qatorida yuqori ko’rsatkich va natijalarga erishishi ana shu birlik va hamjihatlikning garovi bo‘lganligini ta’kidlashdi. O‘sha kuni bir guruh o‘qituvchilarimiz adiblar xiyoboniga borib xalqimiz faxriga aylangan mutafakkirlar haykallarini ziyorat qilish asnosida “O‘zbekiston 24” telekanaliga intervyu ham berishdi. O. Arifjonov, R. Hakimov va A. Berdimurodovlarning o‘zaro suhbatlari chog‘ida institutimiz jamoasining erishayotgan yutuqlariga shahodat bo’luvchi misol va izohlar keltirildi.

          B. Muqimov “Gumanitar fanlar” kafedrasining assistenti

TIQXMMI matbuot xizmati