Qayta tiklanuvchan energiyaning qurilishdagi o'rni
Shu yilning 22 - may kuni Krakov Texnologiya Universiteti (Pol'sha) tashabbusi bilan Zoom onlayn platformasi orqali “VIII International Conference Arch-Eco” xalqaro konferensiyasi tashkil etildi. E'tiborli jihati, mazkur konferensiyada institutimiz “Elektr ta'minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi professori Tursunov Obid Bobokulovich boshchiligida kafedra professori Oun Seok Kim va I kurs magistratura talabalari Samandar Nabiev, Ravshan Turdaliev, Ruzimurod Erkinov, Jamshid Xudoynazarov hamda II kurs magistratura talabasi Nurislom Abdug‘anievlar ishtirok etishdi.
Professorlar O.B.Tursunov va O.S.Kimlarning konferensiya ochilish qismida asosiy ma'ruzachi sifatidagi chiqishlari institutimiz professor-o‘qituvchilariga bo‘lgan e'tibor xalqaro maydonda ham oshib borayotganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari kafedra professori O.B.Tursunov moderatorlik qilgan “The Role of Renewable Energy in Building, a Green Civil Engineering” seksiyasida “Elektr ta'minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi magistrlarining ham chiqishlari konferensiya ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Xulosa qilib aytganda, mazkur xalqaro miqyosdagi konferensiya yosh izlanuvchilarimiz uchun kelajakda ilmiy izlanishlarida katta maktab bo‘lib xizmat qildi.