TIQXMMI Qarshi filiali professor-o‘qituvchilari Kitob tumanida joylashgan 28-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi "Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-6208-sonli Farmonida belgilangan vazifalar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 202-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida TIQXMMI Qarshi filiali professor-o‘qituvchilari yoshlar bilan manzilli ishlar olib borish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni turli to‘garaklarga jalb etish yuzasidan Kitob tumanida joylashgan 28-sonli umum ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar. Joriy yilning 20-may kuni filial professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruh Kitob tumanidagi umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Tashrif davomida yoshlarning bir vaqtning o‘zida bir nechta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish imkoniyatini berish tashabbusining amaliyotga tatbiq etilishi, ularning ta’lim olish huquqlarini kengaytirishga xizmat qilishi, oliy ta’lim muassasalariga, real imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, qabul kvotalarini mustaqil belgilash tizimini joriy etish belgilanlanligini, ta’lim berish va ilmiy faoliyatni amalga oshirishda universitet va institutlarning mustaqilligini kengaytirilganligi to'g'risida ham axborot berib o'tildi. Jamiyatimizda oliy ma’lumotga ega, yuksak malakali mutaxassislar qancha ko‘p bo‘lsa, rivojlanish shuncha tez va samarali bo‘ladi. Bakalavriat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga xorijda o‘qishni davom ettirish imkoniyatlari yanada kengaytirish choralari ko‘rilayotganligini, yoshlarimiz jahonning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirib, yetuk kadr bo‘lib, yurtimiz rivojiga hissa qo‘shishi uchun shart-sharoitlar yaratilayotganligi ham aytib o'tildi. Uchrashuv so'ngida bitiuvchi o'quvchilar tomonidan berilgan qiziqarli savollariga javoblar berildi.
Matbuot xizmati rahbari Farrux Najimov axboroti
TIQXMMImatbuot xizmati