TIQXMMI Buxoro filialida hokim o’rinbosarlari malaka oshirmoqda
Davlatimiz rahbarining joriy yil 18-19-fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida ham tuman (shahar) hokimi oʻrinbosarlarini “mahallabay” ishlash boʻyicha joriy etilayotgan yangi tizim boʻyicha malaka oshirishlari yuzasidan topshiriqlar berilgandi. Shunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali tashabbusi bilan bugun, 24-may kunidan boshlab Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filialida Buxoro viloyatining tuman va shahar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalasi boʻyicha oʻrinbosarlarining bosh mutaxassislarini oʻquv mashgʻulotlari boshlandi.
5 kun muddat davom etadigan oʻquv-mashgʻulotlarida trenerlar tomonidan soha boʻyicha yangi qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlarni “mahallabay” tatbiq etish, ilm bilan amaliyotni bir-biriga integratsiya qilish hamda joyiga chiqib mavjud muammolarni oʻrganish va bartaraf etish yuzasidan strategik vazifalar yoʻnalishida olib boriladi. Bundan tashqari, hokim oʻrinbosarlarining bosh mutaxassislarini boshqaruv sohasidagi bilim va koʻnikmalari mustahkamlanadi.
Oʻquv-seminarlari davomida tinglovchilar oʻzlarining hududlariga xos boʻlgan amaliy muammolar yechimiga zamonaviy yondashuvlar va ekspert xulosalariga tayangan holda taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishadi.
TIQXMMI Buxoro filiali Matbuot xizmati
TIQXMMI matbuot xizmati