Suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbar xodimlarining malakasini oshirishga mo‘ljallangan o‘quv dasturlari muhokama etildi
Joriy yilning 23 iyul kuni Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutida YUNYESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) bilan birgalikda suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbar xodimlarining malaka oshirishiga mo‘ljallab tayorlangan dasturlari va trening modullari bo‘yicha seminar va taqdimotlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bo‘lib o‘tgan seminar-treningda institut vakillari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdilar. Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, suv xo‘jaligining beshta yo‘nalishiga doir malaka oshirish dasturi bo‘yicha trening modullarimuhokama qilindi. Seminarni YUNYESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili Badarch Dendov ochib berdi. Mazkur seminarning birinchi kunida xorijlik mutaxassislar “Chandra Engineering Consultants” rahbari doktor Krishna Prasad va “MetaMeta” raxbari doktor Fransizk van Stinbergen o‘zlarining “O‘zbekiston sharoitida qo‘shimcha modullarni to‘liq yakunlash bo‘yicha keyingi harakatlar yo‘nalishi” mavzusida o‘zlarining taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. Shu bilan bir qatorda institut professorlari ham o‘zlarining taqdimotlari bilan chiqish qildilar. Seminar-treningning ikkinchi qismi joriy yilning 24 iyul kunida davom ettirildi.
Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor
t.f.d. T.Z.Sultanov ma'lumoti.