Talabalar munosib nomzodga ovoz berishdi

“O‘z kelajagini o‘ylagan, davlatimiz ravnaqiga mas’ul bo‘lganlar saylov jarayonida faol bo‘lishi aniq”,- deydi 515  - saylov uchastkasining raisi Ismoil Buxorov. Saylovni ochiq va oshkora, demokratik tamoyillar asosida o‘tkazishda xalqaro tashkilotlar va xorijiy kuzatuvchilar missiyalarining ishtiroki muhim ahamiyatga ega. O‘z­bekistonda so‘nggi yillarda o‘t­kazilgan saylovlorijiy va xalqaro kuzatuvchilar soni muttasil oshib bormoqda.

O‘z oldiga mamlakat taraqqiyotini yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarishdek buyuk maqsadni qo‘ygan zamonaviy O‘zbekistonning saylov tizimida izchillik bilan amalga oshirilayotgan bunday keng ko‘lamli ishlar Prezident saylovini milliy saylov qonunchiligi, umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga mos, demokratik tamoyillar asosida, ochiq va oshkora o‘tkazilishiga xizmat qiladi. Buni chuqur idrok etgan ta’lim muassasimizning mutasaddi professor o‘qituvchilari saylov jarayonini tartibli va tizimli o‘tkazilishi hamda talabalarning ishtirokidagi mas’ullik va ovoz berishdagi ochiqlik,  oshkoralik, qonuniylik tamoyillariga tayangan holda  ertalabdanoq xizmat burchiga sadoqat bilan kamarbasta bo‘lib turganliklari quvonarlidir.

3 – talabalar turar joyida ertalabdanoq talabalar turnaqator bo‘lib ovoz berishga shaylanishgani bu yilgi saylovlar burung‘ilariga o‘xshamasligini namoyon etdi deyish mumkin. Markaziy saylov komissiyasining eksperti, trener va monitoring guruhi a’zolari sifatida  institutimizdan 5-6 ta professor o‘qituvchilarning viloyatlarga jo‘natilgani e’tiborga molikdir. Shuningdek, poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi saylov uchastkalari va bir nechta mahallalarga biriktirilganini ham ta’kidlash o‘rinlidir. Bugungi kunda respublikamizdagi mavjud 10 760 ta saylov uchastkalarining barchasida fuqarolar yig‘ini xodimlari kuzatuvchi sifatida biriktirilgan. Ushbu kuzatuvchilar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlar, shu jumladan saylov kuni ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida saylov qonunchiligiga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.

Uchinchi renessansning tamal toshini qo‘yuvchi kelajak bunyodkori bo‘lgan yoshlarning g‘ayrat shijoati, teran tafakkuri va onglilik darajasi, intellektual salohiyati o‘z istiqboliga, mamlakatning rivojlanishiga befarq bo‘lmagani ham  bugungi qutlug‘ ayyomda saylov jarayonida ham yaqqol ko‘rinib turgani rost. Saylov jarayoni talabalarimizda yangi O‘zbekistonga monand yangicha ruh va shukuhni, yangicha dunyoqarashning shakllanganligini ko‘rsatdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yoshlarga sinov, yoshi ulug‘larga siylov, nomzodlarga saylov, saylovchilarga tanlov munosib.

TIQXMMI matbuot xizmati