Qaysi jamoa qaysi oʻrinda?
Ilmning chegarasi yoʻq, lekin uni sinashning yoʻl va usullari bisyor. Shulardan biri qiziqarli savollarga boy “Viktorina" boʻlib, talabalarning nechogʻlik ilmga oshno ekanliklarini sinovdan oʻtkazishga imkon tugʻdiradi.
“Yoshlar haftaligi”ning eng qiziqarli tanlovlaridan biri xuddi shu boʻldi desak, aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki 50 dan ortiq savollarga javob berishda hech bir fakultet talabalari aslo bir-birlaridan qolishmadilar. Demak, natijalar quyidagi koʻrinishda boʻldi.
4-oʻrin “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti, 3 ta 3-oʻrin sohib GIM, QXM, QSXET fakultetlari, 2-oʻrin “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti va 2 ta 1-oʻrin “Suv xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish” hamda “Gidromelioratsiya” fakultetlari jamoalariga nasib etdi.
Gʻolib jamoalar “Yoshlar haftaligi” taqdirlash marosimida institut rahbariyati va Yoshlar ittifoqi hamda institut kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov