Ajdodlar tajribasi yoshlar uchun imkoniyat
Yoshlarni ilm-maʼrifatli qilish, ularni ilmga, yaratuvchanlikga boʼlgan qiziqishlarini oʼrganish va bu orqali ularni qiynab kelayotgan muammolarni tizimli hal etish, yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash borasida, muhtaram yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatning yaqqol namunasi desak, mubolagʼa boʼlmaydi. Bugungi globallashuv zamonida taʼlimga, ishlab chiqarishga va boshqa sohalarga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va shu kabi sohalarga yoshlarni keng jalb qilish borasida bir qator amaliy uchrashuvlar hamda targʼibot tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.
Yaqinda institutimizda innovatsion rivojlanish vazirligi hodimlari bilan boʼlib oʼtgan uchrashuvda, institut hamda vazirlik oʼrtasida oʼzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish boʼyicha kelishib olingan edi. Ushbu kelishuv natijasi oʼlaroq, kuni kecha, innovatsion texnologiyalar, IT va raqamli iqtisodiyotga qiziquvchi bir guruh talaba, magistr, doktorant hamda oʼqituvchilar Oʼzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligiga tashrif buyurdilar. Tashrif doirasida vazirlik xodimlari bugungi kunda mamlakatimizda ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklar haqida tanishtirib oʼtishdi.
Xususan vazirlikning “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasi” boshligʼi Firdavs Nematzoda vazirlikda tashkil etiladigan, turli xil tanlovlar, Start-Uplar shuningdek, vazirlikda faoliyat olib borayotgan turli xil toʼgaraklar haqida maʼlumot berib oʼtdi. Uchrashuv juda qiziqarli, koʼtarinki ruhda hamda qizgʼin savol-javob va muhokamalarga boy tarzda boʼlib oʼtdi. Tadbir ishtirokchilari hamda tashkilotchilarning taklif va fikrlari asosida bunday amaliy tadbirlarni yanada koʼpaytirish, bu esa oʼz navbatida barcha uchun birdek foydali ekanligi shuningdek, institut hamda vazirlik oʼrtasidagi bunday hamkorlikni yanada kuchaytirish boʼyicha kelishib olindi.
TIQXMMI matbuot xizmati