Ish bilan ta’minlash mas'uliyati
Har qanday rivojlanish islohotlar va olib boriladigan siyosatlar badaliga bo‘lishi tayin. Bu sergaklik va majburiyat zamiridagi burchni anglatadi. Xalqning to‘kin-farovonligi va jamiyat kayfiyati bevosita shunga bog‘liq. Bu ish bilan bandlik siyosatini tushuntirish hamda amaliy harakatda namoyon bo‘ladi. Davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning biri – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashdir.
Ushbu muhim vazifani ijro etish bugungi kun talabidir. 3-Talabalar turar joyida Institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.Choriyev, Xotin - qizlar qo‘mitasi raisi Z.Ismailova, 3-Talabalar turar joyi Pedagog-tarbiyachi A.Xaitovalarning tashabbusi bilan talaba-qizlarining darsdan bo‘sh vaqtlarida qo‘shimcha kasb-hunarga hamda xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirish, qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda oilasiga qo‘shimcha daromad olib kelish maqsadida institutimiz rahbariyati tomonidan ochilgan va hozirgi kunda faol ish olib borilayotgan tikuv sexning ahamiyati katta.
U yerda bir guruh Talabalar turar joyi qizlariga sport formalari tikildi. 20 dan ortiq talabalarga bichish, tikish, bezak berish va dazmollash sexda o‘rgatilmoqda. Kasb - hunar egasi bo‘lish keyinchalik ularning mustaqil hayotga qadam qo‘yganlarida ham asqotadi. Qo‘li gul chevar mehnatni sevar desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
TIQXMMI matbuot xizmati