Ijaradagi talabalarning yashash sharoiti o‘rganildi

Talabaning yashash va o‘qish sharoiti bilan bog‘liq muammo ta’lim va tarbiyaning sifatiga bevosita daxldordir. Shunday ekan, ularning yashash sharoitiga e’tibor doimo nazoratda bo‘lishi zarur. Bu borada muammolar bo‘lsa uni albattta yechish davr talabi. Talabaning bilim olishi biz uchun nihoyatda muhim. Prezidentimizning “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qaroriga muvofiq institutimizda ham talabalar bilimini nazorat qilish, baholash tizimi yangi nizomi va yashash sharoitini o‘rganish ishlari ishlab chiqilmoqda.

Institutimizning “Gidromeliorativ tizimlaridan foydalanish” kafedrasi assistenti Muxammadieva Matlubaning tashabbusi bilan “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligi melioratsiyasi” ta’lim yo‘nalishi 408-guruhning ijarada yashovchi talabalar sharoiti bilan tanishib chiqildi.

Davlatimiz tomonidan murabbiylarga ko‘rsatilgan e’tibor tufayli, murabbiylar o‘z ustida yanada ko‘proq ishlamoqda. Ayni paytda ularning istiqomat qiladigan joylari qay tarzda ekanligini, kimning xonadonida, kim bilan birga istiqomat qilishini bilish pedagog - murabbiylarning burchi va vazifasidir.

TIQXMMI matbuot xizmati