“Qiziqarli va kreativ yondoshuv” shiori ostida o’tkazilgan olimpiada g‘oliblari taqdirlandi
Fevral-mart oylarida TIQXMMI Buxoro filiali direktori Sh. J. Imomov tashabbuslari bilan talabalar o’rtasida 3 bosqichdan iborat fizika va matematika fan olimpiadalari bo’lib o’tdi. Ikkala fan olimpiadasida umumiy 679 nafar talabalar ishtirok etishdi. Finalga qadar yetib kelgan va g’olib bo’lgan talabalar Sh. J. Imomov tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi. Fan olimpiadasida faol ishtirok etgan bo’lajak olimlar esa tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. G’oliblarning ustozlari e’tirof etildi. Filialda bo’layotgan bu kabi ijobiy o’zgarishlardan barcha filial a’zolari mamnun.
TIQXMMI matbuot xizmati