G‘oliblar taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 fevraldagi 87-03-622-sonli xati hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2018 yil 24 dekabrdagi 170-son yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining III-bo‘lim, 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9-11 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi “Intellektual mulk Agentligi” qoshidagi o‘quv markazi bilan “Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi” mavzusida 18 soatlik o‘quv kursi tashkil etildi. Mazkur shartnoma asosida 2019 yil 29 may kuni soat 14.00 da institutning 1-ma’ruzalar zalida o‘quv kursida qatnashgan professor-o‘qituvchilarni O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk Agentligi tomonidan taqdim etilgan SERTIFIKAT bilan taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tadbirni Ilmiy-innovatsion ishlanmlarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i M.Sarimsaqov olib bordi. Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Sultonov ishtirok etib, institut rektorining 2019 yil 19 iyundagi “Intellektual-2019” tanlovi g‘oliblarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 608 a/f-sonli buyrug‘iga binoan tanlovda faol ishtirok etgan bakalavr va magistr talabalarni institut rektorining faxriy yorlig‘i va g‘oliblarni sertifikat va pul mukofotlari bilan taqdirladi. “Intellektual-2019” tanlovini o‘tkazish bo‘yicha institut rektorining 2019 yil 19 yanvardagi 72 A/F-son buyrug‘i hamda tanlov o‘tkazish bo‘yicha institut tashkiliy qo‘mitasining 3-sonli yig‘ilish bayonnomasi asosida o‘tkazilgan “Intellektual-2019” tanlovining yakuni bo‘yicha:

a) “Eng yaxshi innovatsion loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha:

1 - o‘rin – “Kanallarni tozalashda beton qoplama sifatini saqlash va ekskavator tishlarini resursini oshiruvchi qurilma” loyihasi uchun Magistratura “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” mutaxassisligi 2-kurs magistranti Melikuziev Sarvarbek Maxmud o‘g‘li – eng kam oylik ish haqining 5 (besh) barobari miqdorida;

2 - o‘rin – “Avtomatlashgan suv nazorati sistemasi (ASNS)” loyihasi uchun, “Gidrotexnika qurilishi” fakul’teti 2-kurs talabasi Qurg‘onboev Doston Bo‘riboy o‘g‘li – eng kam oylik ish haqining 4 (to‘rt) barobari miqdorida;

3 - o‘rin – “Noan’anaviy energeya manbalaridan avtomobil yo‘llarida samarali foydalanish” loyihasi uchun, “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakul’teti 2-kurs talabasi Parpieva Sevaraxon Nurmuxammad qizi – 2,5 (ikki yarim) barobari miqdorida;

b) “Eng yaxshi innovatsion ishlanma” nominatsiyasi bo‘yicha:

1 - o‘rin – “Measuring water levels in wells” (quduqlarda suv sathini o‘lchash) ishlanmasi uchun Gidromelioratsiya fakulteti 2-kurs talabasi Xamroeva Shaxnoza Aminjon qizi – eng kam oylik ish haqining 5 (besh) barobari miqdorida;

2 - o‘rin – “Eco freezer” (ekologik toza sovutgich) ishlanmasi uchun, Gidromelioratsiya fakulteti 2-kurs talabasi Jumanazarova Komila Sharofiddin qizi – eng kam oylik ish haqining 4 (to‘rt) barobari miqdorida;

3 - o‘rin – “Gidroelektrometr” ishlanmasi uchun, Gidromelioratsiya fakulteti 2-kurs talabasi Toshpo‘latov Baxodirjon G‘ani o‘g‘li – eng kam oylik ish haqining 2,5 (ikki yarim) barobari miqdorida;

v) “Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1 - o‘rin – “E-TS_Baho 1.0 (Elektron tuproq sifatini baholash)” dasturi uchun, Magistratura “Geodeziya va Geoinformatika” mutaxassiligi 1-kurs magistranti Farmonov Nizom Qosimovich – eng kam oylik ish haqining 5 (besh) barobari miqdorida;

2 - o‘rin – “Irrigatsion tizimlari ekspluatatsion holatini masofadan o‘rganish bo‘yicha GIS ma’lumotlar ba’zasi” dasturi uchun, Gidromelioratsiya fakulteti 2-kurs talabasi Xayitov Abdikarimboy Dilshod o‘g‘li – eng kam oylik ish haqining 4 (to‘rt) barobari miqdorida;

3 - o‘rin – “Suv omborlarining gidrologik rejimini hisoblash” dasturi uchun, Gidromelioratsiya fakulteti 2-kurs talabasi Jalilov Sirojiddin Muhiddin o‘g‘li - eng kam oylik ish haqining 2,5 (ikki yarim) barobari miqdorida;

g) “Mobil ilovalari uchun yaratilgan dastur” nominatsiyasi bo‘yicha:

1 - o‘rin – “Telefon orqali nasos stansiyasini boshqarish va sizot suv sathini kuzatish qurilmasi” dasturi uchun, “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakul’teti 4-kurs talabasi Yusupov Muxammadsodiqjon Siddiqjonovich – eng kam oylik ish haqining 5 (besh) barobari miqdorida;

2 - o‘rin – “Gidravlik ekskavatorning asosiy ish o‘lchamini topishda elektron hisoblash dasturi” uchun, Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalashtirish fakulteti 3-kurs talabasi Xurramov Muxriddin Xasanovich – eng kam oylik ish haqining 4 (to‘rt) barobari miqdorida;

3 - o‘rin – “Smart Farmer” dasturi uchun, Magistratura “Nasos stansiyalari va qurilmalaridan foydalanish va tashhisi” mutaxassiligi 1-kurs magistranti Muhammadjonov Axmadjon Ulug‘bekzoda – eng kam oylik ish haqining 2,5 (ikki yarim) barobari miqdorida moddiy rag‘batlantirildilar.

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i M. Sarimsaqov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov