Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi
Dunyodagi barcha mamlakatlar taraqqiyotiga salbiy ta’sir etayotgan muammolardan biri korrupsiyadir. E’tiborli jihati shundaki, jinoyatning bu turi uchun dunyo bo‘ylab jazo muqarrarligi ta’minlanmoqda. Korrupsiyani hech ikkilanmay “taraqqiyot kushandasi” deb atash mumkin. Bugun “Yer resurslarini boshqarish” fakultetida ham aynan shu, mavzuga oid tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekani Sh.Narbayev, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, “Yerdan foydalanish” kafedrasi mudiri A.Altiyev, fakultet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Tadbir mehmoni sifatida korrupsiya qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi Latipov Obidjon Asamiddinovich o‘z ma’ruzasi bilan yig‘ilganlarga ma’lumot berib o‘tdi. Biz, kelajakni korrupsiyasiz birgalikda qurishimiz, buning uchun avvalo o‘zimizni o‘zimiz tarbiya qilishimiz, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishini bartaraf qilish uchun birgalikda kurashishimiz zarurdir. Ma’ruza davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash, talabalarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilganligi hamda amalga oshiriliyotganligi bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo‘yishga, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash, korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil etib borilayotganligi bo‘yicha ham bir qator tushunchalar berildi. Bugungi kunda ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash kabi vazifalar belgilab olinganligi va korrupsiyaga yo‘l qo‘yilgan holatda O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 210, 211, 212-moddalariga asosan, javobgarlik muqarrarligi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar va talabalarga tushuntirib o‘tildi.
Darhaqiqat, korrupsiya – ildizlari davlat xizmatini tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarining o‘ziga xos psixologiyasiga borib taqaladigan ijtimoiy hodisa. Bu korrupsiyaga qarshi avvalo ma’muriy-huquqiy va tashkiliy-boshqaruv chora-tadbirlari ko‘rilishi zarurligidan darak beradi. Xulosa qilib aytganda, korrupsiyaga qarshi kurashishda barchamizdan birdek mas’uliyat talab etiladi. Zero, korrupsiya — jamiyat taraqqiyotining kushandasidir. Ushbu tadbir barcha yig‘ilganlarga munzur bo‘ldi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.
YЕRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati