Talaba yоshlar tadbirida
Prezidentimiz tomonidan bayram sifatida nishonlanishi belgilab berilgan “Yoshlar kuni” tobora yaqinlashmoqda. Uning keng nishonlanishi ma’naviyat festivallari doirasida bo‘layotgani ahamiyatlidir. Yoshlarning iste’dod qirralarini ochilishi ana shunday tadbirlarda o‘z kuchini namoyon etmoqda. Institutimiz yoshlari xususan yotoqxonadagi talabalar bilan o‘tkazilayotgan ma’naviy tadbirlar ayricha zavqu shavq bilan o‘tayotgani sir emas. Ayniqsa, 25 iyun kuni tashkil etilgan ma’naviyat festivali doirasidagi yoshlar kuniga bag‘ishlangan tadbirda O’zbekiston XDP Mirzo Ulug’bek tuman kengashi raisi Qurbonova Shahzoda Nashpanovnaning hamda O’zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi yoshlar bilan ishlash bo’limi xodimi Adham Baxtiyorovichningning ishtiroki va tabriklari o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. Institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor, O’zbekiston XDP Mirzo Ulug’bek tuman kengashi deputati Ro‘zimurot Choriyevning hamda faol talabalarga partiya nomidan sovg‘alarni topshirishi va tabrigi talaba yoshlarni ilhomlantirib yuborgani rost.
Tadbir davomida o‘tkazilgan qiziqarli viktorina, xushovoz xonanda G‘anisher Qurbonboyevning diltortar qo‘shiqlari, Yangi bojalar guruhining mehmon sifatida ishtiroki, ayniqsa, institutning iste’dodli yoshlaridan tarkib topgan “Targ‘ibot” jamoasining ichakuzdi hangomalari, QVZning “Birov”, “Sarmoyachi” jamoalari barchaga zavq-u shavq ulashdi.
“Bunday yo‘sindagi tadbirlar hali yana davom etadi, butashshabbus, harakat bizni doim ruhlantiradi”, - deydi tadbir tashkilotchilaridan biri institut yoshlar kengashining raisi Davronbek Rasulev. O‘z qobiliyatlarini namoyish etish, intellektual salohiyatlarini yanada takomillashtirish borasida o‘tkaziladigan tadbirlarni institut rahbariyati doimo qo‘llab - quvvatlab keladi.
TIQXMMI matbuot xizmati