Novocherkask muhandis-meliorativ institutidan hamkorlik taklifi

Novocherkask muhandis-meliorativ instituti Xalqaro talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Andrey Leщenko institutlararo hamkorlik rejalarini o‘rganish uchun tashrif buyurdi. Uchrashuvni Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Salohiddinov olib bordi. Unga ko‘ra quyidagi yo‘nalishlarda keng hamkorlik qilinadi:

  • Suv ta’minoti va drenaj tizimi
  • Gidrotexnik qurilishi
  • Nasos stansiyasi
  • Yer tuzish va yer kadastri
  • Mexanizatsiya va avtomatlashtirish
  • Ekologiya va tabiiy resurslardan foydalanish

Ikki tomonlama hamkorlikda professor-o‘qituvchilar o‘zaro almashinuv dasturlari orqali malaka oshirishga yuborish uchun kelishib olindi.

 

Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov