Qarshida ko’chma amaliy mashg’ulot
2019 - yil 18 - oktabr kuni TIQXMMI Qarshi filiali “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 1-kurs 107-guruh talabalari uchun “Umumtexnik fanlar” kafedrasi o’qituvchisi M. Sayitmurodova rahbarligida Geodeziya fanidan Qashqadaryo viloyat Suvloyiha MCHJ da ko’chma amaliy mashg’ulot tashkil etildi. Mashg’ulotni o’tishda Qashqadaryo viloyat Suvloyiha MCHJ dagi mavjud zamonaviy jihozlar va kompyuter dasturlaridan foydalanildi. Gidrotexnik inshootlarning bo’ylama va ko’ndalang profillarini tuzish o’rganildi. Mashg’ulotni olib borishda korxona bosh muhandisi Temirov Sherzod ishtirok etdi.
TIQXMMI matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov