Yangi loyiha
“Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti yoshlar kengashidan yangi loyihani “Agitators” deb nomlandi. Bunda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida hozirgi kunda amalga oshirilayotgan ishlar, moderinizatsiyalash ishlari, ta'lim-tarbiya, ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan katta islohotlar yuzasidan maktabda ta'lim olayotgan bitiruvchilarga ta'rg'iboti bilan shug'ullanadi. Bugungi kunda Institutimiz milliy va jahon reytingida yuqori o'rinlardan joy olgani tayin. Bularni o'quvchilarga targ’ib qilish maqsadga muvofiq. Bu esa institutimizga bilim salohiyati yuqori abituriyentlarni jalb qilishga zamin yaratadi. Har birimiz o'qishga kirishdan oldin barchada kuzatiladigan holat qaysi OTMga hujjat topshirsam ekan, degan fikrlar bo'lgan. Biz abituriyentlarni to'g'ri tanlov qilishiga zamin yaratib beramiz. Ana shu maqsadda 25 oktabrdan Agitators jamoa a'zolari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 279-maktabga tashrifi bilan o’z faoliyatini boshladi.
Institut Matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov