Muammoli ma’ruza
“Gidromelioratsiya” fakulteti “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi tomonidan 25-oktyabr kuni “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda kuzatilgan muammolar va ularning yechimi” mavzusida muammoli ma’ruza tashkillashtirildi. Maruzani Suv xo‘jaligi vazirligi “Yerlar melioratsiyasi boshqarmasi” boshlig‘i Toirov Odilbek Raximberganovich olib bordilar. Ushbu ma’ruzada “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 401, 402 va 403 - guruhlar talabalari guruh murabbiylari bilan birgalikda ishtirok etishdi. Ma’ruzada hozirda yerlarning meliorativ holati bo‘yicha umumiy ma’lumotlar va mavjud muammolarni yechimiga qaratilgan qiziqarli ma’ruza bo‘ldi. Unda talabalar meliorativ holati buzilgan yerlarni yaxshilashda duch keladigan asosiy muammolar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishdi. Ma’ruzada talabalarni qiziqtirgan barcha savollariga to‘liq javob berildi.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedra mudiri I. Begmatov axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov