Muammolarning innovatsion yechimlari OAV nigohida
Ma’lumki, suv resurslari tejamkorligini oshirish, suv ta’minoti va sug‘orish tizimlariga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish bugungi kunda qishloq va suv xo‘jaligi sohasining barcha mutasaddi tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda shu sohaga mutaxassislar tayyorlab beruvchi bizning Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston telekanali orqali efirga uzatilayotgan "Agroinnovatsiya" ko‘rsatuvining 2019 yil 25 noyabrda O‘ZMTRK Mediamarkazida tasvirga olingan navbatdagi soni ham aynan shu mavzuga bag‘ishlandi.
Ko‘rsatuvni tasvirga olish jarayonida Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti mutasaddi xodimlari hamda institutimiz ITI va IPKT bo‘limi boshlig‘i Sh.Imomov, GMITT kafedrasi dotsenti A.Muratov, QXM kafedrasi dotsenti A.Do‘skulov, ET va QTEM kafedrasi mudiri D.Qodirov va bir nechta doktorant, magistrant va talabalari ishtirok etishdi. Davra suhbati sohaga oid yangi innovatsiyalar, ularning yutuqlari va hayotga tadbiq etish jarayonlarining bugungi kunda holati, oldimizda turgan maqsadlar va muammolar haqidagi aniq ma’lumotlarga asoslangan tarzda bo‘lib o‘tdi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov