Ochiq muloqotlar mohiyati
2018 yil 25 dekabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2018 yil 20 dekabrdagi 87-02-3845 - sonli topshirigʻi ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashining institut jamoasi, doktorantlar va magistrantlar bilan ochiq muloqoti oʻtkazildi.
Tadbirda institut yoshlar bilan ishlash prorektori Q. Shavazov, OʻzFA akademigi Q. Allayev, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash Vaziri boshqarma boshligʻi Oʻ. Ismailov, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori M. Djalalov, Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori Li Dong Vuk, boʻlim boshligʻi Z. Haydarov, hamda institut professor-oʻqituvchilari, doktorantlar va magistrantlar ishtirok etdi.
Maʼruzachilar tomonidan savolnoma asosida institut jamoasi va talabalariga yaratilayotgan shart-sharoitlar, mavjud muammo va kamchiliklar borasida suhbat olib borildi. Ochiq muloqot tarzida oʻtgan davra suhbati yakunida institut professor-oʻqituvchilar jamoasi, doktorantlar hamda magistrantlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda maʼruzachilar tomonidan bildirib oʻtilgan fikr-mulohalar va savolnoma boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini bildirib oʻtishdi.
Yoshlar va talabalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Z. Haydarov axboroti
Institut matbuot kotibi Raximboy Jumaniyozov