Muzeydagi dars
Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi Mirzo Ulugʻbek tumani boshqaruv apparati boshligʻi Ochilova Dilorom Gʻaniyevna, Qurolli Kuchlar faxriylari zaxiradagi polkovniklar Nuriddinov Musalim Sultanovich, Zufarov Xusan Adilovich, Dexkanbayev Abubakir Dexkanbayevich harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmasi professor-oʻqituvchilari bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar muzeyida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmasida harbiy tayyorgarlik boʻyicha tahsil olayotgan talabalar hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti qoshidagi “INTERNATIONAL HOUSE - TASHKENT” akademik litsey oʻquvchilari bilan «Mardlik va jasorat» darsini oʻtkazdilar.
Dars davomida tadbir ishtirokchilariga Vatan himoyasi uchun oʻz jonini fido qilgan yurtdoshlarimizning koʻrsatgan jasoratlari, ularning Vatanimiz mustaqilligi, kelajak avlodning tinch-totuv yashashlari uchun oʻzlarini qurbon qilganliklari xotirlandi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar faxriylari tomonidan yoshlarga butun harbiylik hayoti davomida bosib oʻtilgan jangovar yoʻlning mashaqqatlari va ushbu mashaqqatlarni mardlarcha yengib oʻtish uchun zaruriy hisoblangan sifatlarni shakllantirish ustida toʻxtalib oʻtdilar.
Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar muzeyida tashkil qilingan, jahon sivilizatsiyasining dastlabki davridan to hozirgi kungacha boʻlgan barcha tarixiy voqelikni oʻz ichiga olgan qurol-yarogʻlar, harbiy anjomlar, jangovar texnikalar, vertolyotlar va samolyotlar hamda buyuk sarkardalarimizning jangovar faoliyatlari, jang tashkil etish strategiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti harbiy kafedrasi boshligʻi podpolkovnik R. Minlishev axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov