O‘zlashtirish darajasini aniqlash
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali 2019/2020 o‘quv yili kuzgi davrasi bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarning talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetida 2020 yil 25 yanvar kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi 101-102 guruhlari uchun Xorijiy til fanidan (og‘zaki), “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 104-105 - guruh talabalari uchun Rus tili fanidan (og‘zaki), 106-117 guruh talabalariga Injenerlik geodeziyasi fanidan (yozma), “Yer kadastri va yerdan foydalanish” ta’lim yo‘nalishi 107, 108 va 109 - guruh talabalari uchun Fizika fanidan (yozma), “Geodeziya va geoinformatika” ta’lim yo‘nalishi 110-111 guruh talabalari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan (test), “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi 112-113 - guruh talabalari uchun Muhandislik grafikasi fanidan (yozma) hamda “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish ta’lim” yo‘nalishi 114 guruh talabalariga Kimyo fanidan (yozma) yakuniy nazoratlar o‘tkazildi. Yakuniy nazoratlar talabalar tomonidan davlatimiz madhiyasini kuylash bilan boshlandi.
ATM rahbari Ilhom G‘aniev axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov