Talabalar ichki tartib qoidalariga rioya qilishi shart

 Talabalar turar joyi talabalari bilan TTJ Direktori I. Buxorov va Talabalar turar joylari kengashi raisi Saidahmedov Jahongir, dekan yordamchilari bilan birgalikda uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Talabalar turar joyi ichki tartib qoidasiga qat’iy amal qilish kerakligi va kechki soat 22:00 dan yotoqxonaga kirib-chiqish to’xtatilishi, kech qolmasligi uqtirildi. Shuningdek, TTJ ga kirib-chiqish uchun ruxsatnomani har doim yonida olib yurish kerakligi aytib o‘tildi. Hozirgi kunda talabalariga karantin qoidalariga rioya qilishda davom etish kerakligi, pandemiya susaymagani, Sog‘liqni asrash har bir insonning o’ziga bog’liqligi ta’kidlandi. Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning  barchasiga  karantin qoidalariga qattiq amal qilib  TTJ da hamma niqob taqib yurish keragligi alohida ta’kidlandi. Shu bilan birgalikda Talabalarning takliflari ham eshitildi.

TIQXMMI matbuot xizmati