TЕMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZЕYI
Joriy yilning 22-fevral kunida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining 1-bosqich 3-guruh talabalari guruh murabbiyi boshchiligida Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi. Sayohat mobaynida Temuriylarga tegishli tarixiy ma’lumotlar muzey xodimlari tomonidan qo‘yidagicha ta’riflandi. Amir Temur Movarounnahr siyosiy kurash maydonida,Amir Temurning Amir Husayn bilan ittifoqi, Ularning mo‘g‘ul hukumdori Ilyosxo‘jaga qarshi kurashi, Loy jangi, Ilyosxo‘janing Samarqandga yurishi, Sarbadorlar harakati, Mo‘g‘ullarning chekinishi, Husayn va Temurning Samarqandni egallashi, Ular o‘rtasida o‘zaro nizoning kuchayishi va uning sabablari, Sohibqiron Amir Temur hokimiyatining o‘rnatilishi, Samarqand – Amir Temur davlatining poytaxti, O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I. Karimov Amir Temurning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni to‘g‘risida, XXI asr barkamol avlodini shakllantirish va uning ta’lim-tarbiyasida Amir Temur shaxsini tutgan o‘rni kabi Sohib qiron Amir Temur bobomizga oid bo‘lgan tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘lindi. Talabalar bobomiz Amir Temur tarixiga oid bir qator ma’lumotlarga ega bo‘lishib, muzeyga tashrif chog‘ida qadimiy pul muomala vazifasini o‘tagan kumush tangalar, qurol-aslahalar, sopol idishlari va tarixiy qo‘lyozmalarni kuzatish va ular haqidagi ma’lumotlarga ea bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishdi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari H.X. Eshova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov