Ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish davr talabi
Xo‘jalik boshqaruv organlari, tarmoq korxonalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyat hokimliklarining oliy ta’lim muassalari va ilmiy tashkilotlar bilan xamkorligini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalarni takomillashtirish bo‘yicha 2021-yil 25-26 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish Vazirligida tashkil qilingan Forumda institutimizning ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi xodimlari hamda institutimizning bir guruh iqtidorli talaba va magistrlari qatnashishdi.
Forumda Innovatsion rivojlanish Vaziri Ibroxim Yulchiyevich so‘zga chiqib, forum doirasida Oliy ta’lim muassasalariga va ilmiy tashkilotlarga ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga yordam berishda zamon talabiga javob beradigan sifatli hamda innovatsion samaradorligi yuqori bo‘lgan ilmiy ishlanmalarni yaratish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
Respublika bo‘yicha tijoratlashtirish maqsadida davom qildiriladigan 51 ta loyiha rahbarlarining ilmiy ishlanmalari Sertifikat bilan taqdirladi, xamda kelgusida davom qildirish bo‘yicha mablag‘lar ajratildi. Respublika bo‘yicha tijoratlashtirish maqsadida davom qildiriladigan 51 ta loyiha rahbarlarining ilmiy ishlanmalari Sertifikat bilan taqdirladi, hamda kelgusida davom qildirish bo‘yicha mablag‘lar ajratildi.
Ushbu loyihalar ichida institutning “Suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida egat ko‘ndalang kesimining turg‘un profilini va loyihaviy nishabligini ta’minlovchi yangi texnologiya va texnik vositani yaratish” mavzusidagi loyihaga 350 mln. so‘m ajratildi.
TIQXMMI matbuot xizmati