TIQXMMI va ATB Turonbankning ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi
2021-yil 27-mart kuni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetida ATB “Turonbank”ning navbatdagi seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda “Tashqi iqtisodiy faoliyatda bank sektorining o‘rni va ahamiyati” mavzusida ATB “Turonbank”ning Tashqi iqtisodiy faoliyat departamenti direktori Qutbidinov Isomiddin Zoxriddiin o‘g‘li ma’ruza qildi.
Seminar ishtirokchilari tomonidan ma’ruzachiga ko‘plab savollar bo‘ldi. Jumladan, eksport operatsiyalarini amalga oshirishda yoshlarga berilgan imtiyozlar, eksport-import operatsiyalarida AQSh dollaridan boshqa valyutalarning o‘rni, ularga bo‘lgan talab, Turonbankning xorijiy banklar bilan aloqalari, Rossiya rublida ishlash samaradorligi to‘g‘risida savollar berildi. Seminar ishtirokchilari barcha savollarga atroflicha to‘liq javoblar olishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati