Bir guruh – bir oila
Avval xabar berganimizdek, “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish” ta’lim yo‘nalishi 307-guruh talabalari uchun institutimizning Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan “Ilmiy-o‘quv markazi” da ishlab chiqarish amaliyoti tashkil etilgan edi. Talabalar amaliyot rahbari boshchiligida o‘zlariga biriktirilgan yer maydonida bilimlarini mustahkamlashmoqda. 24-aprel kuni guruh murabbiyi Sanobar Do‘stnazarova talabalar holidan xabar olish maqsadida “Ilmiy-o‘quv markaz” ga tashrif buyurdi va talabalar uchun dasturxon yozib, osh damladi.
Tashrif davomida guruh murabbiyi talabalar bilan bir dasturxon atrofida o‘tirib, amaliyot davomida karantin qoidalariga to‘liq rioya qilish va guruhning kelgusida bajarishi uchun rejalashtirilgan ishlari xususida suxbatlashib, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida olib borgan kitoblar jamlanmasini talabalarga ulashdi. Guruhning barcha talabalari ularni o‘z farzandiday ko‘ruvchi guruh murabbiyi Sanobar Do‘stnazarovaga tashrif, e’tibor va mazmunli suhbat uchun minnatdorchilik bildiradi!
TIQXMMI matbuot xizmati