Har bir yoshga bir kitob

O’zbekiston Respublikasi rivojlanishining beshta ustuvor yo’nalishi bo‘yicha "Harakatlar strategiyasi"da belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarni huquq va manfatlarini himoya qilish ularning har tomonlama barkamol bo’lib voyaga yetishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan beshta muhim tashabbus oldinga surilmoqda. Ushbu tashabbuslardan biri yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilishdir. Shu munosabat bilan "Gidromelioratsiya" fakulteti yoshlar yetakchisi hamda fakultet yoshlar Kengashi yetakchilarining tashabbusi bilan o’zlarining shaxsiy kutubxonalaridan kitoblar ajratgan holda fakultet talabalariga sovg’a qilishdi.

Fakultet yoshlar yetakchisi Nodir Olimjonov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov