Akademik simpozium
Bugungi kunda Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi dolzarb masalalardan biri sifatida yuzaga chiqqani sir emas. Shuning uchun ham ana shu mavzuga bag‘ishlangan Akademik simpozium joriy yilning 27 may kuni, ya’ni bugun institutimizda o‘z ishini boshladi. «Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligi barqaror rivojlanishi» «Sustainable Agricultural Developmentin Central Asia (SUSADICA) dasturi bo‘yicha 2 ta ochiq ma’ruza ayniqsa, e’tiborga molik bo‘ldi. Germaniyaning Giessen universiteti professori Martin Petrik “Iqtisodiy - ijtimoiy fanlarning qishloq xo‘jaligi rivojidagi o‘rni” hamda Koreya Respublikasining Kangvon Milliy universiteti professori Kiang Riang Kimning “Markaziy Osiyodagi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini diversifikatsiyalash: islohotlar va uning ijtimoiy oqibatlari” mavzuidagi ma’ruzalari manfaatli hamkorlik borasidagi ijobiy ishlarimizning samarasi deyish o‘rinlidir.
Ushbu SUSADICA dasturining maqsad va vazifalari borasida muxtasar ma’lumot berish ham joiz. Dastur maqsadi Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi bilan bog‘liq masalalarga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy hamda ekologik barqarorlikni ifodalovchi yo‘nalishlari bo‘yicha 5 ta - fermer xo‘jaliklari restruktrizatsiyasi va mehnat munosabatlari, qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar, agrar siyosat, atrof-muhit o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’siri, suv resurslarini boshqarish mavzularida ilmiy tadqiqotlar olib borishdan iborat. TIQXMMI da 10 nafar (5 nafari O‘zbekiston, 1 Germaniya, 1 Kolumbiya, 1 Turkmaniston va 2 nafar Qirg‘iziston) doktorantlar ilmiy tadqiqotlar olib borishmoqda.
Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda va tadqiqotchilarga qulay ilmiy muhit yaratish maqsadida TIQXMMI barcha imkoniyatlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, ushbu strukturaviy doktorantura dasturi davomida TIQXMMIda PhD tadqiqot treninglari, turli nufuzli olimlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ma’ruzalari, seminar va konferensiyalar, turli taqdimotlar o‘tkaziladi. Shu bilan bevosita bog‘liq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Akademik innovatsion fondi(AIF) granti asosida “Agrar innovatsiyalar va resurslardan foydalanish bo‘yicha predmetlararo iqtisodiy laboratoriya” loyihasi yuzasidan qisqacha ma’lumot keltiramiz.
Maqsadi TIQXMMI da “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish hamda professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyati va malakasini oshirish hisoblanadi. Germaniya va TIQXMMI olimlari hamjihatligida tashkil etiladigan innovatsion “Agrar innovatsiyalar va resurslardan foydalanish bo‘yicha predmetlararo iqtisodiy laboratoriya” da tandemda ishlashadi. Ushbu eksperimental laboratoriya iqtisodiy va texnik – muhandislik fanlarini bir-biriga bog‘lagan holda faoliyat yuritadi. O‘quv dasturlarini takomillashtirishda loyiha ishtirokchilari uchun Germaniya va TIQXMMI da turli mavzularda, jumladan, tanqidiy yondashuv (критическое мышления), akademik yozish, taqdimot san’ati bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etiladi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov